Ayollarni, qizlarni bahorga qiyoslashadi, bahorni esa ularga. Go‘zallik, nafosat, yangilanish, hayot davomiyligi bahor va ayol tushunchalarida uyg‘unlashib ketgan. Bahor faslining boshlanishi ayollar bayrami bilan boshlanishi bejiz emas, albatta. Bugun yurtimizning barcha joylarida 8-Mart - Xotin-qizlar bayrami keng nishonlanmoqda. Jumladan, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi erkaklar jamoasi go‘zal ayollarimizni, opa-singillarimizni bahor va nafosat, go‘zallik va latofat bayrami bilan samimiy qutladilar.
Axborot xizmati.