07/03/2023

2023-yil yanvar oyi holatiga Farg‘ona shahrining chakana savdo aylanmasidagi hajmi 254,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 127,4 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Yirik korxonalar – 68,4 mlrd. so‘m
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik – 185,9 mlrd. so‘m

Bundan tashqari:
Aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi – 840,9 ming so‘m
Uyushmagan savdo aylanmasi – 4,6 mlrd. so‘m
Umumiy ovqatlanish korxonalarida – 12,0 mlrd. so‘m
Avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmasi – 62,4 mlrd.
Ulgurji savdo tovar aylanmasida – 120,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Farg‘ona shahar tashqi savdo aylanmasi hajmi 19,0 mln.AQSh dollariga yetdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 40,6 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Eksport – 3,4 mln.AQSh dollari
Import – 15,6 mln.AQSh dollari miqdorida qayd etildi.