11/03/2023

Joriy yilning 11-mart kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh.Mamadaliyev, “Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi” bo‘limi bosh mutaxassisi N.Mahmudova hamda Farg‘ona tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi M.Mahammadjonovalar ishtirokida Farg‘ona tumanida oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini sotuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning 4-savdo (YaTT) choraklik tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida tanlab olingan yakka tartibdagi tadbirkorlarning bir oy davomida ishlagan kunlari, bir kunlik tushum miqdori, oy davbomida sotilgan mahsulotlarning o‘rtacha tushumi va boshqa ma’lumotlar shakllantirildi.  Olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.

photo2023-03-1112-07-58
photo2023-03-1112-07-02
photo2023-03-1112-06-57
photo2023-03-1112-06-49

Axborot xizmati.