11/03/2023

Joriy yilning 11-mart kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi “Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi” bo‘limi boshlig‘i M.Turg‘unova mazkur bo‘lim bosh mutaxassisi N.Mahmudova hamda Farg‘ona shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi R.Sharopovlar, ishtirokida Farg‘ona shahar dehqon bozorida 12-bozor (oylik) tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida un va un mahsulotlaridan tayyorlangan mahsulotlar, mevalar, sabzavotlar, tuxum va boshqa mahsulotlarining o‘rtacha bir kunlik sotilgani miqdori va hajmi o‘rganildi. Olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari mazkur so‘rovnoma yuzasidan jismoniy shaxslarga tavsiyalar berildi.

photo2023-03-1113-57-48
photo2023-03-1113-56-00
photo2023-03-1113-55-20

Axborot xizmati.