Joriy yilning 11-mart kuni Uchko‘prik tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi F.Qo‘chqorova ishtirokida Uchko‘prik tumani dehqon bozorida 12-bozor (oylik) tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida un va un mahsulotlaridan tayyorlangan mahsulotlar, mevalar, sabzavotlar, tuxum va boshqa mahsulotlarining o‘rtacha bir kunlik sotilgani miqdori va hajmi o‘rganildi. Olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari mazkur so‘rovnoma yuzasidan jismoniy shaxslarga tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati.