Joriy yilning 13-mart kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Xizmatlar sohasi statistikasi” bo‘limi boshlig‘i H.Nortojiyev hamda Farg‘ona shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi I.No‘monovalar ishtirokida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuvda aholining yakka tartibdagi buyurtmalari bo‘yicha poyabzal tikish, poyabzalni ta’mirlash, kalitlar tayyorlash, yakka buyurtma bo‘yicha qimmatbaho metallardan va toshlardan zargarlik buyumlarini yasash, va boshqa xizmat turlari bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazilib, bir kundagi o‘rtacha mijozlar soni, bir oyda ishlagan kunlar soni, bir kunlik o‘rtacha tushum shu va boshqa ma'lumotlar shakllantirildi. Olingan ma'lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.
Axborot xizmati.