Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi tomonidan joylarda uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari o‘tkazilmoqda. Joriy yilning 14- mart kuni ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar va blogerlar ishtirokida Marg‘ilon shahar “Terak-tagi” mahalla fuqarolar yig‘iniga Press-tur tashkil etildi. Tadbirda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshligi o‘rinbosari E.Ro‘ziboyev tadbirni ochib, uy xo‘jaliklarida o‘tkaziladigan tanlanma kuzatuvlarning maqsadi va mohiyatiga to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan tanlanma kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qo‘shimcha сhоrа-tаdbirlаrni ishlab chiqish uсhun ma‘lumotlar shakllantirilishi, shuningdek, aholining minimal iste’mol xarajatlari qiymati va kambag‘allik chegarasi ko‘rsatkiclrlarini, iste’mol nаrхlаri indeksini, milliy hisoblar tizimida uy xo‘jaliklari sektori hisoblarini tuzishda foydalanishi haqida so‘z yuritdi. Shundan so‘ng tadbir qatnashchilari mazkur mahallada tanlab olingan uy xo‘jaligiga tashrif buyurib, mahalaga biriktirilgan intervyuyeri U.Turg‘unova tomonidan berilgan savollarga uy xo‘jaligi a’zosidan javoblar olindi va olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi. Ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Axborot xizmati.