14/03/2023

Joriy yilning 13-mart  kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi” bo‘limi boshlig‘i M.Turg‘unova, bosh mutaxassisi N.Mahmudova  hamda Toshloq tumani statistika bo‘limi boshlig‘i M.Ahrorovlar ishtirokida Toshloq tumani dehqon bozorida 12-bozor (oylik) tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida un va un mahsulotlaridan tayyorlangan mahsulotlar, mevalar, sabzavotlar, tuxum va boshqa mahsulotlarining o‘rtacha bir kunlik sotilgani miqdori va hajmi o‘rganildi. Olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari mazkur so‘rovnoma yuzasidan jismoniy shaxslarga tavsiyalar berildi.

photo2023-03-1416-54-01
photo2023-03-1416-54-05

Axborot xizmati.