14/03/2023

Joriy yilning 14-mart kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari E.Ro‘ziboyev tomonidan bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning 4 – xizmat (jsh) choraklik tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuvda aholining yakka tartibdagi buyurtmalari bo‘yicha poyabzal  tikish, poyabzalni ta’mirlash, bo‘yash va tozalash, uyali aloqa visitalariga texnik xizmat ko‘rsatish, kompyuter dasturlarini ishlab chiqish xizmatlari, kompyuter yordamida matnlarni terish va bosib chiqarish xizmatlari, matndan nusxa olish va ko‘paytirish kabi xizmat turlari kuzatildi. Ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.

photo2023-03-1410-14-19
photo2023-03-1410-14-25

Axborot xizmati