Joriy yilning 14- mart kuni Furqat tumani statistika bo‘limi boshlig‘i Sh. Abdubannonov tomonidan Furqat tumanida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning 4 – xizmat (jsh) choraklik tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. So‘rovnomada sartaroshlik xizmatlari, radioelektron apparatlar, maishiy mashinalar, maishiy priborlar, ofis mashinalarini ta’mirlash, o‘rnatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, jismoniy shaxslarning avtomobillarini yuvish, xammom va sauna xizmatlari, kompyuter yordamida matnlarni terish va bosib chiqarish xizmatlari, matndan nusxa olish va ko‘paytirish bilan bog‘liq xizmatlar organildi. Olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.
Axborot xizmati.