So'nggi yangiliklar

2023- yil yanvar oyi holatiga Bag‘dod tumani bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 41,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2022- yilning yanvar oyiga nisbatan o‘sish sur‘ati 107,1 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar oylarida ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 5,7 %, fizik hajm indeksi 150,2 %ni, ishlab chiqarish hajmi esa 88,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023-yil 1- fevral holatiga Toshloq tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2 565 tani tashkil etdi.

Barcha hududlar singari joriy yilning 22-fevral kuni Buvayda tumanining “Turk” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan va kuzatuvga tushgan xonadon egalari bilan Buvayda tumani statistika bo‘limi intervyuyeri Sh.Tursunov tomonidan yakka tartibda qurilgan uy-joylari so‘rovnomasi o‘tkazildi.

2023-yil yanvar oyi holatiga Farg‘ona viloyati bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 1 792,1 mlrd. so‘mga yetib, 2022- yilning yanvar oyiga nisbatan o‘sish sur’ati 106,3 %ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar oylarida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 34,6 %ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi 43,0 %ga kamaygan bo‘lsa, ishlab chiqarish hajmi 536,1 mlrd.so‘mni tashkil etdi.

2023-yil 1- fevral holatiga viloyat bo‘yicha MDH davlatlarining kapitali ishtirokidagi faoliyat korsatayotgan korxonalar soni e’lon qilindi.

Joriy yilning 22-fevral kuni aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorining mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha Bag‘dod tumanidagi 17- umumiy o‘rta talim maktabi o‘qituvchi xodimlari ishtirokida seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish” bo‘limi mutaxassisi G‘. Mamajonov qatnashdi.

2023-yil yanvar oyi holatiga Dang‘ara tumani korxonalari tomonidan 58,9 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. 2022-yilning yanvar oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 97,8 %ni tashkil etdi.

2023-yil yanvar oyi holatiga viloyat bo‘yicha aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 455,3 ming so‘mga yetdi. 2022-yilga nisbatan 104,2 %ni tashkil etdi.

Joriy yilning 22-fevral kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.Yakubov, hamda Rishton tumani statistika bo‘limi yenakchi mutaxassisi I.Karimovlar tomonidan tumanda joylashgan dehqon bozorida “5 narx o‘rtacha xaftalik” joriy kundagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari kuzatuvi o‘tkazildi. 

2023-yilning yanvar oylari yakunlariga ko‘ra, ichimliklar ishlab chiqarishining oziq-ovqat mahsulotlaridagi ulushi 1,7 %ni tashkil etdi, o‘tgan yilga nisbatan fizik hajm indeksi esa 39,2 %ga o‘sdi va ishlab chiqarish hajmi 5,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

2023- yil yanvar oyi holatiga Qo‘shtepa tumani bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 39,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2022- yilning yanvar oyiga nisbatan o‘sish sur‘ati 105,1 %ni tashkil etdi.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi joylarda aholi o‘rtasida aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib bormoqdalar. 

2023-yil yanvar oyi holatiga Farg‘ona tumani korxonalari tomonidan 59,0 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. 2022-yilning yanvar oyiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 83,7 %ni tashkil etdi.

2023-yil yanvar oyi  holatiga sog‘liqni saqlash xizmatlarining hajmi 37,3 mlrd. so‘m darajasida belgilandi. 2022-yilga nisbatan ushbu turdagi xizmatlarning o‘sish sur’ati 96,0 %ga yetdi.

Joriy yilning 22-fevral kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F. Yakubov, boshqarmaning “Investitsiya va qurilish statistikasi” bo‘limi yetakchi mutaxassisi R. Abdurayimov hamda  Rishton tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi I. Karimovlar tomonidan uy-joylar tanlanma so‘rovnomasi o‘tkazildi.

2023-yil yanvar oyi holatiga savdo xizmatlarining hajmi 513,9 mlrd. so‘m darajasida belgilandi. 2022-yilga nisbatan ushbu turdagi xizmatlarning o‘sish sur’ati 97,0 %ga yetdi.