05/01/2024

2023-yil yanvar-noyabr oylari holatiga Rishton tumanining chakana savdo aylanmasi hajmi 607,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 104,5 %ga yetdi.

Shundan:
Yirik korxonalar – 19,8 mlrd. so‘m
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik – 587,6 mlrd. so‘m

Bundan tashqari:
Aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi - 2 838,4 ming so‘m
Uyushmagan savdo aylanmasi – 99,6 mlrd. so‘m
Umumiy ovqatlanish korxonalari – 25,3 mlrd. so‘m
Avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo aylanmasi – 4,4 mlrd. so‘m
Ulgurji savdo tovar aylanmasi – 49,7 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.