Joriy yilning 5-yanvar kuni Quvasoy shahar statistika bo‘limi binosida Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Quvasoy shahar bo‘limi xodimlari ishtirokida yangi qabul qilingan qonunlarnining mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti A.Nurmatov kun tartibiga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasining “Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini tekshirish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 25-dekabrdag Iqtisodiy protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–888-son Qonunining mazmun va mohiyati yuzasidan ma’ruza qildi.
Xususan, ma’ruzachi o‘z so‘zida qonunda belgilangan iqtisodiy ishlarni ko‘rib chiqishda apellyatsiya va kassatsiya instansiyalari sudlari tomonidan ishlarni yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudlariga yuborish tartibi bekor qilinganligi, endilikda ularning zimmasiga ish bo‘yicha yakuniy qaror chiqarish mas’uliyati yuklatilayotganligi, apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarining qonuniy kuchga kirgan xal qiluv qarori, ajrimi, qarori, shuningdek apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar sudlariga taftish tartibida shikoyat qilinishi mumkinligi, taftish tartibidagi shikoyat birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran bir yil ichida berilishi, ishni taftish tartibida ko‘radigan sud taftish tartibidagi shikoyatni ko‘rish natijalari bo‘yicha hal qiluv qarorini, qarorni o‘zgarishsiz qoldirishga, hal qiluv qarorini, qarorni to‘liq yoki qisman bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga, qarorni bekor qilishga va ishni yangidan ko‘rish uchun sud hujjati bekor qilingan apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudiga yuborishga, hal qiluv qarorini, qarorni o‘zgartirishga, hal qiluv qarorini to‘liq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoxud da’voni to‘liq yoki qisman ko‘rmasdan qoldirishga, ayrim sud hujjatlarini bekor qilishga va ish bo‘yicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini o‘z kuchida qoldirishga, hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko‘ra boshqa sudga yuborishga haqliekanligi haqida batafsil tushuncha berdi. Bundan tashqari sud xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risidagi masala hal qilinmaganligi yoki noto‘g‘ri hal qilinganligi sudning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki o‘zgartirish uchun asos bo‘lmasligi, bunday holda qarorning xulosa qismida sud xarajatlari taqsimlanishi ko‘rsatilishi haqida ham to‘xtalib o‘tildi.