04/01/2024

Joriy yilning 4-yanvar kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi mutaxassisi G‘.Mamajonov tomonidan Marg‘ilon shahriga qarashli “Tog‘liq” mahalla fuqarolar yig‘inida xarita bilan ishlash ishlari amalga oshirildi. Jumladan, mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari bilan hamkorlikda mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqan holda, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi hamda mahallada mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.