So'nggi yangiliklar

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-sentabr holatiga, Farg‘ona viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi joriy narxlarda 39 665,8 mlrd.so‘mni tashkil etdi.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-sentabr holatiga, Farg‘ona viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi joriy narxlarda 39 665,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 4,7 %ga o‘sdi.

Joriy yilning 16-noyabr kuni  Qo‘qon shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi  E.Tojiddinov tomonidan  Qo‘qon  shahar  dehqon bozorida 12-bozor (oylik)  qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma  o‘tkazildi.

Joriy yilning 16- noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasining Axborot xavfsizligi ta’minlash hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmalari tomonidan Farg‘ona  viloyati statistika boshqarmasining “Dasturiy-texnik ta’minot va ma’lumotlarni saqlash markazi xodimlari uchun seminar tashkil etildi.

Joriy yilning 16- noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvi” boshqarmasi boshlig‘i U.Madaminov ishtirokida Oltiariq tumani “Oltiariq” MFYda mutaxassis Sh.Egamberdiyeva, Rishton tumani “Bo‘ston” MFYda mutaxassis X.Muxammadmusayev, Uchko‘prik tumani “Farovon” MFYda mutaxassis R.Vaxobov, O‘zbekiston tumani “Sho‘rsuv” MFYda mutaxassis O.Xolbekovlar o‘rganilgan uy xo‘jaliklarida nazorat tekshiruvi o‘tkazildi.

Yilda bir marotaba taqdim etiladigan 1-NH shakli (yillik) “Hisoblangan ish haqi miqdori bo‘yicha xodimlar sonining taqsimlanishi to‘g‘risida 2022- yil noyabr oyi hisoboti”ni 2022- yilning  16- dekabr sanasidan kechiktirmay E-stat 0.4 orqali taqdim etishingiz so‘raladi.

Joriy yilning 16-noyabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi “Narx statistika” bo‘limi boshlig‘I A.Pozilov hamda Marg‘ilon shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh.Umrzaqovalar  ishtirokida Marg‘ilon dehqon bozorida 5-narx (bozor)  xaftalik kuzatuvlari o‘tkazildi. Bozordagi mahsulotlarning joriy kundagi minimal, maksimal va oʻrtacha narxlari oʻrganildi va ularning shaffofligi kuzatildi.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-sentabr holatiga, Quva tumani bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 1594,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning 16-noyabr kuni  Qo‘qon shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi E.Tojiddinov tomonidan Qo‘qon shahar  chorva bozorida 12-bozor (oylik)  chorva hamda parranda sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi.

Joriy yilning 16-noyabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Narx statistikasi” bo‘limi boshlig‘i A.Pazilov hamda Marg‘ilon shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh.Umrzaqovalar ishtirokida Marg‘ilon shahrida «Iste’mol narxlari indeksi» oylik kuzatuvining nooziq-ovqat guruhi bo‘yicha tanlab olingan dislokatsiya obyektidagi mahsulotlarning belgilangan xususiyatlari o‘zaro mos kelayotganligi, amaldagi narxlar bilan dasturga kiritilgan narxlarning bir-biriga mosligi tekshirildi.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-sentabr holatiga, Yozyovon tumani bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 1003,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning 16-noyabr kuni  Quvasoy shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi  N.Niyozov tomonidan  Quvasoy shahar  dehqon bozorida 12-bozor (oylik)  qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma  o‘tkazildi.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-sentabr oylari holatiga, Furqat tumani bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 1042,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Joriy yilning 16-noyabr kuni Rishton tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi I.Karimov tomonidan tumanda joylashgan Rishton dehqon bozorida 5 narx bozor - dehqon bozorlarda narxlarni roʻyxatga olish  kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuvda mahsulotlarning joriy kundagi minimal, maksimal va oʻrtacha narxlari oʻrganildi.

Joriy yining 16-noyabr kuni  O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tononidan tashkil etilgan “Sanoat statistikasi” bo‘limi xodimlari ishtirokida videoaloqa orqali  o‘quv seminari  tashkil etildi.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-sentabr holatiga, Farg‘ona tumani bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 1831,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Joriy yining 16-noyabr Yozyovon tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh.Toshmirzayev tomonidan  Yozyovon tumani chorva bozorida 12-bozor (oylik)  chorva hamda parranda sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma kuzatuvlari o‘tkazildi.

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil yanvar-sentabr holatiga, O‘zbekiston tumani bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 1535,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.