Joriy yilning 16-mart kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.Yakubov, boshqarmaning “Xizmatlar sohasi statistikasi” bo‘limi boshlig‘i H.Nortojiyev hamda Beshariq, Furqat tumanlarining statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumanlarda bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning 4 – xizmat (jsh) choraklik tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. So‘rovnomada kompyuter yordamida matnlarni terish va bosib chiqarish xizmatlari, matndan nusxa olish va ko‘paytirish bilan bog‘liq xizmatlar, sartaroshlik xizmati, tayyor mebelni yig‘ish, ta’mirlash va drapirovka qilish hamda uyda jismoniy shaxslarning mebellarini ta’mirlash va yig‘ish xizmatlari organildi. Olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.
Axborot xizmati.