Joriy yilning 23-mart kuni Qo‘shtepa tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi H.Yunusova tomonidan Qo‘shtepa tumani dehqon bozorida 12-bozor (oylik) qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuvda bozorda savdo qiluvchi jismoniy shaxslar, so‘rovnoma o‘tkazilgan bozorning bir oyda ishlagan kunlari, bozorda mavjud savdo rastalari, bir kunlik tushum, oy davomida o‘rtacha sotilgan mahsulotlar tushumi o‘rganildi va planshet qurilmasiga joyida kiritildi. Bundan tashqari jismoniy shaxslarga so‘rovnoma yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Axborot xizmati.