23/03/2023

2023-yil 1-mart holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 41 482 tani tashkil etib, ular o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5 597 taga kamayib, o‘sish sur’ati 88,1 foizni tashkil etdi.

Faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni yillar kesimida quyidagi ko‘rinishni hosil qildi:

2019 yil – 31 251 ta
2020 yil – 35 948 ta
2021 yil – 42 889 ta
2022 yil – 47 079 ta
2023 yil – 41 482 ta