24/03/2023

Joriy yilning 24-mart kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida tizim xodimlari ishtirokida yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmunini tushuntirish bo‘yicha seminar tashkil etildi. Seminarda Xalq deputatlari viloyat kengashi deputati N. Elchiyeva, Аdliya boshqarmasi shoʼba boshlig‘i А Аdermatovlar ishtirok etdilar. Seminarda so‘zga chiqanlar bugungi yangilanayotgan Konstitutsiyada taʼlim tizimini rivojlantirish, ilm-fani, tadqiqot ishlari, taʼlim tizimining turli bosqichlarini yanada takomillashtirish, yoshlarning huquqlarini himoya qilish, yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlash, ona va bola salomatligi, jamiyatda ayollarning o‘rni, inson uning sha’ni, qadr qimmatini kamsitishga yo‘l qo‘yilmaslik va boshqa shu kabi Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan moddalarga qo‘shimchalar kiritilayotganligi haqida so‘z yuritdilar. Yig‘ilish so‘nggida barcha xodimlarni 2023- yil 30- aprel kuni o‘tkaziladigan umumxalq referendumida faol ishtirok etishga chaqirdilar.

 

photo2023-03-2410-46-15
photo2023-03-2410-46-10
photo2023-03-2410-46-09
photo2023-03-2410-46-08
photo2023-03-2410-46-07

Axborot xizmati.