Qayd etish kerakki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy faoliyat turlari ichida yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Joriy yilning 1-mart holatiga viloyatimizda 2019- yilga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 120,7 foizni tashkil etdi.
So’nggi yillarda sanoat sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning o‘sish dinamikasi quyidagicha aks topdi:
2019 yilda – 6 696 ta
2020 yilda – 7 772 ta
2021 yilda – 9 351 ta
2022 yilda – 10 021 ta
2023 yilda – 8 083 ta