05/04/2023

2023-yil yanvar-fevral oylarida 18,1 ming tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatgich 2022-yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobarga yoki 5,3 ming tonnaga ko‘paydi. Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (51,5%), Qozog‘iston (37,2%) hamda Qirg‘iz Respublikasi (6,0%) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Joriy yilning ikki oyida oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo‘lgan 1,7 mln.AQSH dollari qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 39,6 %ga ko‘paydi va jami eksportdagi ulushi 14,9 %ni tashkil etdi.