11/04/2023

Joriy yilning 11-aprel kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘I A.Abdurazakov, mazkur bo‘limning birinchi toifali mutaxassisi G‘.Mamajonovlar tomonidan O‘zbekiston tumani “O‘qchi” MFYda mahalla faollari bilan hamkorlikda xonadonlarni raqamlashtirish, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi, noturar–joy obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari mahallaga qarashli oila patronajlari va mahalla aholisiga aholini ro‘yxatga olish jarayonining maqsadi, mohiyatini tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari o‘tkazildi.

photo2023-04-1114-34-34
photo2023-04-1114-34-31
photo2023-04-1114-34-25
photo2023-04-1114-34-29