03/05/2023

Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F. Yakubov va “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘lim mutaxassisi M. Xojiboyevalar tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Farg‘ona tumani, “Yangi asr” MFY, “Mustaqillik shukronasi” ko‘chasi, 4-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro N.Mahmudova bilan mazkur kuzatuvning mohiyati bilan tanishtirib, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat ekanligi haqida tushuncha berildi va fuqarodan olingan ma’lumotlarni joyida planshet qurilmasiga kiritildi.