08/05/2023

Joriy yilning 8- may kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi “Xizmatlar sohasi statistikasi” bo‘limi I-toifali mutaxassisi N.Umarova hamda Farg‘ona shahar statistika bo‘limi bosh mutaxassisi D.Maksudovlar tomonidan Farg‘ona shahrida tanlanma kuzatuvlarni sifatli tashkil etish maqsadida, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini-o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarning ish faoliyati o‘rganildi. Tadbir davomida xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shu kungacha o‘tkazilgan kuzatuvlardagi kamchiliklarga keyingi tanlanma kuzatuvlarida yo‘l qo‘ymaslik va ularni sifatli tashkil etish bo‘yicha hududiy bo‘lim intervyuyeriga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

photo2023-05-0817-22-45
photo2023-05-0817-22-48