Mamalakatimizda nuroniylarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni holidan xabar olish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash an’anaga aylangan. “Xotira va qadrlash kuni”ni munosib kutib olish va nishonlash maqsadida, joriy yilning 8-may kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’muriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan statistika tizimida uzoq yillar mobaynida mehnat qilib, xozirgi kunda nafaqa gashtini surayotgan mehnat faxriylari S. G‘ulomov, H.Mamatov, M.Ahmedova, M.Hojiboyeva, O.Po‘latova, I.Qodirovlarni tabriklab, uylariga borib, hollaridan xabar olindi.
Shu fursatdan foydalanib, barcha faxriylarimizni 9-may Xotira va qadrlash kuni bilan chun yurakdan tabriklaymiz. Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilaymiz! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!