18/05/2023

2023- yil 1- may holatiga ko‘ra noshirlik faoliyati, kino-videofilmlar, televizion dasturlar, fonogrammalar va musiqali yozuvlarni ishlab chiqish yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni axborot va aloqa sohasining 13,3 foizini tashkil etib, 📊o‘sish sur’ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 88,3 foizni tashkil etdi.

👇Shundan:
♻️Dasturlar yaratish bo‘yicha faoliyat va teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar hamda aloqa yo‘nalishlaridagi korxonalar soni axborot va aloqa sohasining 52,7 foizini tashkil etib, 📊o‘sish sur’ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 67,4 foizni tashkil etdi,
♻️Kompyuter dasturlashtirish va axborot xizmati ko‘rsatish yo‘nalishlarida esa korxonalar soni, axborot va aloqa sohasidagi korxona va tashkilotlarning 34,0 foizini tashkil etib, 📊o‘sish sur’ati 119,8 foizni tashkil etdi.