18/05/2023

Joriy yilning 18-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika Agentligining Investitsiya va qurilish statistikasi boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Sh.Ruziyev, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.Yakubov, “Investitsiya va qurilish statistikasi” bo‘limi yetakchi mutaxassisi R.Abdurayimov, Marg‘ilon shahar statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi M.Sheraliyeva hamda shahar kadastr agentligi mutaxassisilari bilan hamkorlikda Marg‘ilon shahrida kuzatuvga tushgan xonadon sohiblari bilan so‘rovnoma o‘tkazildi. 

Kuzatuv jarayonida 2023-yil yanvar-mart oylarida ishga tushirilgan uy-joyning umumiy maydoni (m2), yollanma ishchilar soni, ishlagan kunlar soni, uy-joy hamda hovlidagi qo‘shimcha xo‘jalik qurilishlarida foydalanilgan qurilish materiallarining miqdori kabi ma’lumotlar planshet qurilmasiga to‘g‘ri va shaffof kiritilayotganligi o‘rganildi.