Joriy yilning 31-may kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida “Viloyatda chakana savdo tovar aylanmasining 2023-yil 1-chorakdagi statistik ko‘rsatkichlari” mavzusida OAV xodimlari, jurnalistlar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari E.Ro‘ziboyev hamda “Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi” bo‘limi boshlig‘i M.Turgunovalar ishtirok etdilar. Anjuman davomida
2023-yil1-aprel holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalar soni 8 431 tani tashkil etib, 2022- yil 1-aprelga nisbatan 549 taga kamaygan (o‘sish sur’ati 93,9 %). Shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 153 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 8 278 tani tashkil qildi. Shujumladan, savdo sohasida yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat olib borayotgan YATTlar va uyushmagan savdo (jismoniy shaxslar) ning kuzatuvlar asosida yig‘ilgan ma’lumotlar, chakana savdo ko‘rsatgichlariga kiritilgan. Yuqorida qayd etilgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati natijasida, 2023-yilning yanvar-mart oylarida viloyatning chakana savdo tovar aylanmasi 5 125,2 mlrd.so‘mni tashkil etib, 2023-yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 107,7 %ni tashkil etdi. Shujumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 437,0 mlrd.so‘mni (o‘sish sur’ati 134,0 %), kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 4688,2 mlrd.so‘mni (o‘sish sur’ati 105,8%), shundan uyushma-gan savdo tovar aylanmasi 404,4 mlrd.so‘mni (o‘sish sur’ati 108,6 %) tashkil etdi. 2023-yilning yanvar-mart oylarida 2022-yilning yanvar-mart oylariga nisbatan viloyatning Farg‘ona(108,2%), Rishnon tumani(108,2) va Marg‘ilon (108,1) shaharlarida chakana savdo tovar aylanmasining eng yuqori o‘sish sur’atlari qayd etildi. Viloyat bo‘yicha 2023-yilning yanvar-mart oyida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 404,4 mlrd.so‘mni tashkil etib, 2022-yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 108,6 %ni tashkil etdi. Shujumladan, 12 bozor va12 bozor (chorva) (oylik) kuzatuvlari ma‘lumotlariga asosan, dehqon bozorlarda savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarini sotish hajmi 247,4 mlrd.so‘mni (128,5%), chorva mollari va parrandalar sotuvchi jismoniy shaxslarning savdo aylanmasi hajmi 157,0 mlrd.so‘mni tashkil etdi (87,3%). 2023-yilning yanvar-mart oyilarda chakana tovar aylanmasi tarkibida ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasining ulushi 2,4%ni tashkil etib, 123,8 mlrd.so‘mga yetdi. 2022-yilning mos davriga nisbatan 0,7 %ga ko‘paydi. Bunda savdo aylanmasining 93,1 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi. Viloyat bo‘yicha 2023-yilning yanvar-mart oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 2375,9 mlrd.so‘mni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 9,8 %ga o‘sganligi haqida so‘z yuritildi. Anjuman so‘ngida jurnalist va OAV xodimlari tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.