31/05/2023

Joriy yilning 31-may kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi bosh mutaxassisi B.Ahadjonov Marg‘ilon shahar hokimi maslahatchisi U. Mahmudov hamda Marg‘ilon shahridagi “Baxrin” mahalla fuqarolar yig‘inining vakillari bilan hamkorlikda mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan uylarraqamlashtirish ishlari olib borildi. Bundan tashqari ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi, noturar obyektlarning mahalla xaritasi bilan solishtirish ishlarini olib borildi. Mahalla fuqarolar yig‘ini bilan kelajakda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar kelishib olindi.