31/05/2023

 Joriy yilning 31- may kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.Yakubov, hamda O‘zbekiston tumani statistika bo‘limining kuzatuvga mas'ul xodimi tomonidan O‘zbekiston tumani  shaxsiy avtotransport egalarining tashish faoliyati to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv davomida yuk tashuvchi transport xizmatlarini koʻrsatuvchi shaxsiy avtotrasport egalari tomonidan olingan ma'lumotlarni registrator tomonidan planshet qurilmasiga shaffof va xatosiz kiritish ishlari amalga oshirildi hamda  kuzatuvni sifatli o'tkazish boʻyicha tavsiyalar berildi.