Joriy yilning 31- may kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Xizmatlar sohasistatistikasi” bo‘limi yetakchi mutaxassisi L.Omonov hamda Qo‘shtepa tumani statistika bo‘limining kuzatuvga mas'ul xodimi H.Yunusovalar tomonidan Qo‘shtepa tumani shaxsiy avtotransport egalarining tashish faoliyati to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv davomida yo‘lovchi tashish transport xizmatlarini koʻrsatuvchi shaxsiy avtotrasport egalari tomonidan olingan ma'lumotlarni registrator tomonidan planshet qurilmasiga shaffof va xatosiz kiritish ishlari amalga oshirildi hamda kuzatuvni sifatli o'tkazish boʻyicha tavsiyalar berildi.