Joriy yilning 31- may kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.Yakubov, hamda Uchko‘prik tumani statistika bo‘limining kuzatuvga mas'ul xodimi tomonidan Uchko‘prik tumani shaxsiy avtotransport egalarining tashish faoliyati to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv davomida yuk tashuvchi transport xizmatlarini koʻrsatuvchi shaxsiy avtotrasport egalari tomonidan olingan ma'lumotlarni registrator tomonidan planshet qurilmasiga shaffof va xatosiz kiritish ishlari amalga oshirildi hamda kuzatuvni sifatli o'tkazish boʻyicha tavsiyalar berildi.