10/07/2023

2023- yil yanvar-may oylari yakuni bo‘yicha 49,2 mln. AQSH dollarilik to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, umumiy eksportning 19,2 % ini tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 74,8 % ga kamaydi. Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari (49,5 %), paxtadan gazlamalar (10,8 %) va trikotaj mato (16,4 %) asosiy ulushni egallagan. Yil boshidan 133 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari dunyoning 23 ta davlatiga eksport qilindi.