11/07/2023

2023- yilning 1- iyul holatiga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 7 949 tani tashkil etib, so‘ngi besh yilda 36,9 foizga oshdi. 2023- yilning yanvar-iyun oylarida bu sohada 999 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

👇Ushbu sohada eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan hududlar quyidagilardir:
• Qo‘qon shahrida – 964 ta
• Farg‘ona shahrida – 899 ta
• Marg‘ilon shahrida – 757 ta
• Uchko‘prik tumani – 555 ta