18/07/2023

Farg‘ona viloyatida 2023-yilning 1- iyul holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 36 074 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 35 848 tani tashkil etgan.

👇Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
• Farg‘ona shahrida – 5 781 ta
• Qo‘qon shahrida – 3 830 ta
• Marg‘ilon shahrida – 3 147 ta
• Oltiariq tumanida – 1 967 ta
• Uchko‘prik tumanida – 1 845 ta

👇Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:
• savdo sohasida – 14 139 ta
• sanoat sohasida – 7 877 ta
• qurilish sohasida – 2 865 ta
• yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 2 125 ta
• qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 1 770 ta