27/09/2023

Joriy yilning 27-sentabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Xizmatlar sohasi statistikasi” bo‘lim xodimlari tomonidan 2023-yilning 3-chorakda o‘tkazilgan 4 xizmat (JSH) va 4 TR (YaTT) kuzatuvlari yakunlariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Seminarda 3-chorak kuzatuv yakunlari yuzasidan hududiy statistika bo‘limlarining mas’ul xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi. Jumladan 2023-yil 4-chorakda o‘tkaziladigan kuzatuvlarni sifatli tashkil etish va barcha xizmat turlarini qamrab olishda ma’lumotlarni haqqoniy, shaffof holatda shakllantirish va joyida planshet qurilmasiga kiritish kerakligi keng va atroflicha tushuntirildi.