27/09/2023

Joriy yilning 27-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham qatnashdilar. Tadbir jarayonida so‘zga chiqqanlar yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, unga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, bu oʻzgarishlarning aholiga qanday huquq va imkoniyatlar berishi haqida batafsil toʻxtalib oʻtildi.Bundan tashqari tadbirda yangi Konstitutsiyaning asosiy tamoyillari, inson va fuqarolarning asosiy huquq, erkinliklari va burchlari, jamiyat va shaxs masalalari, davlat hokimiyatining tashkil etilishi hamda saylov tizimidagi o‘zgarishlar boʻyicha keng tushunchalar berib oʻtildi. Tadbir yakunida mavzu yuzasidan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.