27/09/2023

Viloyatimizning barcha hududlarida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Jumladan, joriy yilning 27-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari N.Shukurov, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazakov va bo‘limning boshqa mutaxassislari tomonidan Mar‘ilon shahridagi “Yangi bog‘” hamda “Yorqin” mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, mahalla fuqarolar yig‘ini vakili bilan hamkorlikda mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudli hamda mahalla mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi. 

Bundan tashqari mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari bilan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida ham kelishib olindi.