17/10/2023

2023-yil 1-oktabr holatiga Quva tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2972 tani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 113,8 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Faoliyat yuritayotgan korxonalar – 2089 ta
Yangi tashkil etilgan korxonalar -374 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 147 ta
Sanoatda – 362 ta
Qurilishda - 130 ta
Savdoda – 739 ta
Tashish va saqlashda – 55 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 118 ta
Axborot va aloqa – 41 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 52 ta
Boshqa turdagi xizmatlar – 445 taga to‘g‘ri keldi.