17/10/2023

Joriy yilning 17-oktabr kuni Fargona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi U.Turg‘unova tomonidan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuvga tushgan Dang‘ara tumanidagi, “Qum Qiyali” MFY, “Hurriyat” ko‘chasida istiqomat qiluvchi respondent Ostanaqulovalar xonadonida bo‘lib, mazkur kuzatuvning maqsadi haqida qisqacha tushuncha berildi. Xususan, ushbu tadbir mamlakatimzda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va aholi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni va manzilliy dasturlarni ishlab chiqish uchun xizmat qilishi haqida to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng, fuqarodan olingan ma’lumotlar joyida shaffof va haqqoniy tarzda planshet qurilmasiga kiritildi.