10/11/2023

2023- yil yanvar-sentabr oylari yakuni bo‘yicha 82,7 mln. AQSH dollarilik to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirildi. Bu esa umumiy eksportning 15,8 % ini tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 73,7 % ga kamaydi. Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari (55,7 %), paxtadan gazlamalar (10,5 %) va trikotaj mato (13,9 %) asosiy ulushni egallagan. Yil boshidan 170 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari dunyoning 25 ta davlatiga eksport qilindi.