15/11/2023

Joriy yilning 14- noyabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining 2023-yil III-chorak yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Mamadaliyev kirish so‘zi bilan ochib, milliy statistika tizimini takomillashtirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining hujjatlari hamda topshiriqlari ijrosi yuzasidan so‘z yuritdi. 

Shundan so‘ng,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2023-yil III-chorak yakunlariga bag‘ishlangan Hayat yi‘g‘ilishida boshqarmalar tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha hamda 2023-yil IY-chorak bo‘yicha qabul qilinadigan statistika hisobotlari ularning qamrovi va sifatini ta’minlash masalalar bo‘yicha shahar va tuman statistika bo‘limi boshliqlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi. 

Yig‘ilish yakunida yahshi ishlagan va yuqori natijalarga erishgan shahar va tuman statistika bo‘limlariga minnatdorchilik bildirildi, aksincha ish faoliyatida surunkali xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan shahar va tuman statistika bo‘limi boshliqlariga tegishli tartibda intizomiy chora ko‘rildi. Kehgash yig‘ilishida tashkiliy masalalar ham ko‘rib chiqildi.