22/11/2023

Joriy yilning 22-noyabr kuni Yozyovon tumanida statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh. Toshmirzayev tomonidan Yozyovon tumanida dehqon bozorida 12-bozor (oylik) tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida un va un mahsulotlaridan tayyorlangan mahsulotlar, mevalar, sabzavotlar, tuxum va boshqa mahsulotlarining oy davomida o‘rtacha bir kunlik sotilgani miqdori va hajmi o‘rganildi. Olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari mazkur so‘rovnoma yuzasidan jismoniy shaxslarga tavsiyalar berildi.