11/12/2023

Joriy yilning 7-dekabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi tomonidan Farg‘ona Davlat Universitetining “Iqtisodiyot” fakulteti o‘qituvchi va talabalari ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi.

Tadbirni “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi mutaxassisi G‘. Mamajonov qatnashib, u o‘z so‘zida taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘ygan Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar jahon hamjamiyati tomonidan munosib e’tirof etilayotganligi, islohotlarning qay darajada natijadorligi esa statistik raqamlar orqali baholanishi, statistika sohasining bugungi kun talablariga mos bo‘lishi haqida to‘xtalib o‘tdi. Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida  belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish, aholini ro‘yxatga olish jarayoni 3-boshqichda o‘tkazilishi, aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida ma’ruza qildi. Bundan tashqari bo‘lim tomonidan yil davomida amalga oshirilgan ishlar haqida ham to‘xtalib o‘tdi. Tadbir yakunida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.