2023- yilning yanvar-noyabr oylarida jami 7 772 ta yangi korxonalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etildi.
Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 3 131 ta
sanoat sohasida – 1 636 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 650 ta
qurilish sohasida – 434 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 445 ta
tashish va saqlash sohasida – 302 ta
axborot va aloqa sohasida – 277 ta
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 139 ta
boshqa sohalarda – 758 ta