11/12/2023

Joriy yilning 11-dekabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti A.Nurmatov kun tartibiga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 15-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ–878-son, O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini yaxlit tizimi shakllantirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ–880-son hamda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi “Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ–881-son Qonunlarining mazmun  va  mohiyatlari bo‘yicha ma’ruza qildi.

 

Ma’ruzachi o‘z so‘zida O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 15-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ–878-son Qonunida mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiyotda sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va aholi salomatligini saqlash bo‘yicha tizimli ishlar olib borilayotgani, «Insonning sha’ni va qadr-qimmati uchun» tamoyili asosida aholi salomatligini ta’minlash maqsadida kontrafakt va sifatsiz tovarlarni ishlab chiqarish hamda ularning muomalaga kiritilishiga barham berish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish zaruriyati yuzaga kelayotganligi, ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga iste’molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarganlik, saqlaganlik, tashiganlik, o‘tkazganlik, ishlar bajarganlik yoki xizmatlar ko‘rsatganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga, etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilashga taalluqli o‘zgartirishlar kiritilganligi haqida tushuncha berdi.

Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini yaxlit tizimi shakllantirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ–880-son Qonunida Yangi O‘zbekistonning ma’muriy islohotlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi davlat qo‘mitalari alohida vazirliklarga aylantirilganligi yoki boshqa vazirliklar tarkibiga kiritilganligi, natijada vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalarni o‘ziga qamrab olgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimi shakllantirilganligi, mazkur Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga «O‘zbekiston Respublikasi davlat qo‘mitalari» degan tushuncha O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligidan chiqarib tashlanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilganligi, ushbu Qonun Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarining birinchi bosqichi amalga oshirilishini ta’minlashga, shuningdek professional boshqaruv prinsiplariga asoslangan va natijaga yo‘naltirilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining yaxlit tizimini shakllantirishga xizmat qilishi haqida keng va atroflicha tushuncha berildi.

Bundan tashqari kun ma’ruzachi tartibiga qo‘yilgan uchunchi masala O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi “Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ–881-son Qonun yuzasidan so‘zga chiqib,  mamlakatimizda qo‘riqlash faoliyatining huquqiy va tashkiliy asoslarini, jismoniy va yuridik shaxslarga qo‘riqlash xizmatlarini ko‘rsatish chog‘ida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solish maqsadlarida «Qo‘riqlash faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinib, unda qo‘riqlash faoliyati sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish asoslari hamda qo‘riqlash faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlarning huquqiy maqomi mustahkamlab qo‘yilganligi, shu bilan birga huquqni qo‘llash amaliyotida qo‘riqlash faoliyati sohasiga doir ayrim tushunchalar turlicha talqin etilishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritilganligi haqida ham to‘xtalib o‘tildi.