11/12/2023

2023-yilning 1- dekabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 43 379 taga (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) yetdi. Shundan xususiy korxonalar soni 8 233 tani tashkil qildi (ulushi 21,1 %).

Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Farg‘ona shahri – 1 296 ta
Marg‘ilon shahri – 648 ta
Bag‘dod tumani – 538 ta
Buvayda tumani – 533 ta
Quva tumani – 503 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 3 459 ta
sanoat sohasida – 1 619 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 679 ta
qurilish sohasida – 519 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 357 ta