25/01/2024

Joylarda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga bag‘ishlangan o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda. Jumladan, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi mutaxassislari G‘.Mamajonov hamda H.Nortojiyevlar tomonidan joriy yilning 25-yanvar kuni Marg‘ilon shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumoning talabalari ishtirokida “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonunining mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha seminar tashkil etildi. Seminarda aholini ro‘yxatga olish mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, mehnat resurslarini o‘rganishga qaratilganligi haqida ma’lumot berildi .