2023-yil yanvar-dekabr oylari holatiga O‘zbekiston tumanida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar tomonidan 387,9 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 164,8 %ni tashkil etdi.
Shundan:
Yirik qurilish tashkilotlari – 198,4 mlrd. so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar – 99,5 mlrd. so‘m
Norasmiy sektor – 90,0 mlrd. so‘m
Bundan tashqari:
Yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish – 333,5 mlrd.so‘m
Aholi jon boshiga qurilish ishlari – 1 665,8 ming so‘m.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘icha:
Bino va inshootlarni qurish – 305,8 mlrd. so‘m
Fuqarolik obyektlarini qurish – 81,1 mlrd. so‘m
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 1,0 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.