31/01/2024

Joriy yilning 31-yanvar kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi tomonidan viloyatda faoliyat yuritayotgan Xalq ta’limi vazirligining maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari hamda boshqa nodavlat tashkilotlarining rahbarlari va hisobchilari ishtirokida 1-ta’lim (maktabdan tashqari) hisobotini to‘ldirishga bag‘shlangan seminar tashkil etildi. Seminarda statistika boshqarmasining “Itimoiy soha statistikasi” bo‘limi boshlig‘i I.Xaydarov so‘zga chiqib, taqdim etiladigan 1-ta’lim (maktabdan tashqari) statistik hisobot satrlarini sifatli va shaffof to‘ldirish hamda haqqoniyligini ta’minlagan holda taqdim etish, taqdim etish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rish, hisibotni E-stat 4.0 avtomatlashtirilgan elektron tizim orqali yuborish yuzasidan tushuncha va tavsiyalar berildi.